Uch viloyatda noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi
Samarqandda 1 gektar yerni 13 ming dollarga, Qashqadaryoda esa 12 sotix yerni 10 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida noqonuniy ravishda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda O.D. ismli shaxs fuqaro O.A.ga «E.A.» fermer xo‘jaligining 1 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 13 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.A. ismli shaxs fuqaro N.Q.ga 35 sotix zaxiradagi yer maydonini 24 ming dollarga kadastr hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 11 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa A.S. va S.A. ismli shaxslar «Parg‘uza» MFY hududidagi 12 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro N.T.ga go‘yoki kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishi evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.X. ismli shaxs fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, unga Mirzacho‘l tuman «Mirzadala» ShFYda joylashgan 6 sotix zaxiradagi yer maydonini qalbaki hujjatlar orqali o‘ziniki ekanligini aytib, ushbu yer maydonini 6,4 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar orqali ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi
Jamiyat | 17:24
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Fuzuliy shahriga bordi
O‘zbekiston | 17:23
-
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi
Jahon | 17:22
-
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15
Mavzuga oid

11:43 / 27.06.2025
Toshkent viloyatida hokimlik zaxirasidagi 5 gektar yerni 200 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

09:43 / 16.06.2025
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi

09:33 / 15.06.2025
Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

23:05 / 13.06.2025