Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkov «chet el agenti» deb e’lon qilindi
U 2022 yil oktyabr oyida «Putin fashizmi bilan aloqador bo‘lishni istamasligini» aytib, Rossiya fuqaroligidan voz kechgan edi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya Adliya vazirligi «chet el agentlari» reyestriga tadbirkor Oleg Tinkovni kiritdi.
Qarorda Tinkov chet el agentlari materiallarini yaratishda ishtirok etgani, Rossiya rasmiylarining qarorlari va siyosati to‘g‘risida «noto‘g‘ri ma’lumot» tarqatgani, shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiyasiga» qarshi chiqqani ta’kidlangan.
Oleg Tinkov Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin urushga qarshi pozitsiyani egalladi. Tadbirkor 2022 yil oktyabr oyida «Putin fashizmi bilan aloqador bo‘lishni istamasligini» aytib, Rossiya fuqaroligidan voz kechgan edi.
Rossiyada Tinkov TCS Group («Tinkoff» bankning bosh kompaniyasi) ulushiga ega edi, ammo 2022 yil aprel oyida u aktivni Vladimir Potaninning «Interros» holdingiga sotdi. Tinkovning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati uni o‘z ulushini «arzon-garovga» sotishga majburlagan. Sotishdan keyin Tinkovning boyligi bir necha milliard dollardan 860 million dollargacha tushib ketdi, deb yozdi Forbes.
Tinkovning urushga qarshi pozitsiyasiga qaramay, 2022 yil mart oyida Buyuk Britaniya unga qarshi sanksiyalar kiritdi. 2023 yil iyul oyida Britaniya hukumati bu qarorni bekor qildi.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, «chet el agenti» deb e’tirof etilgan fuqarolar va tashkilotlar o‘z faoliyati va xarajatlari to‘g‘risida Adliya vazirligiga muntazam ravishda hisobot taqdim etishi, barcha maqolalarida, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ham «chet el agenti» ekanini belgilab qo‘yishi shart.
2022 yildan boshlab, ularga dars berish, axborot mahsulotlari yaratish, ommaviy tadbirlar tashkil etish, saylov komissiyasi a’zosi bo‘lish taqiqlandi. 2022 yil oxiridan boshlab Adliya vazirligi chet el agentlarining yagona reyestrini yuritib kelmoqda.
2023 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el agentlari haqidagi qonunni kuchaytiruvchi yana bir qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Adliya vazirligi chet el agentlari bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi to‘g‘risida ogohlantirish berishi mumkin. Bu shaxslarga nisbatan Adliya vazirligi tomonidan rejadan tashqari tekshiruv o‘tkazilishi ham mumkin. Adliya vazirligining qonunbuzarliklarni bartaraf etish talablariga rioya qilmagani uchun fuqarolar 50 ming rublgacha, mansabdor shaxslar 100 ming rublgacha va yuridik shaxslar 300 ming rublgacha jarimaga tortiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
Mavzuga oid

10:20
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi

09:44
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi

08:58
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda

23:17 / 09.07.2025