Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pichoqlangan erkak va bo‘g‘ib o‘ldirilgan ayol. Huquqni muhofaza qilish akademiyasida nimalarni uchratish mumkin?
Bosh prokuratura akademiyasi negizida tashkil etilgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida o‘tkazilgan ochiq eshiklar kunida maktab va kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari tergov eksperimenti uchun tashkil etilgan maxsus xonalar hamda jihozlar bilan tanishdi.

2024 yil 15 fevral kuni tergov va prokuratura sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.
Ekskursiya doirasida akademiyada Toshkent shahri maktablari va yuridik texnikum bitiruvchilari, IIV huzuridagi Toshkent shahri va viloyati akademik litseylari o‘quvchilari, akademiya talabalarining ota-onalari, shuningdek OAV vakillari to‘plandi. Mehmonlarga o‘quv dasturlari, faoliyat yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, akademiyaning maxsus poligonida tergov-kriminalistika taktikalari va metodikalarini amaliy qo‘llash imitatsiyasi, voqea joyini ko‘zdan kechirish va jinoyatni ochishga oid qiziqarli kvest musobaqalari o‘tkazildi. Mehmonlar sud imitatsiyasi xonasi, ekspertiza laboratoriyasi bilan ham tanishishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Prezidentning 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida tashkil etilgan. Ushbu o‘quv dargohi ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Muassasada huquqni muhofaza qilish sohasida ikki bosqichli tizim, ya’ni bakalavriat hamda magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari, vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov tuzilmalari xodimlarining malakasi oshiriladi hamda qayta tayyorlanadi. Ta’lim dargohi 3 ta fakultet, 5 ta markaz, 15 ta bo‘lim, 13 ta kafedradan iborat.
Akademiyada respublika miqyosida birinchi bo‘lib tashkil qilingan Dark web kiberlaboratoriyasi, shuningdek, mobil kriminalistik avtolaboratoriyadan foydalanish va tergov jarayonlarida poligraf (detektor) texnologiyalarini qo‘llash imkoniyati ham mavjud.
Diyoraxon Nabijonova tayyorladi.
Operator hamda montaj ustasi: Abduqodir To‘lqinov
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren fondi Isroil aktivlarini sotishni boshladi
Jahon | 12:11
-
877 ot kuchi, muzlatkich va lidar. Yangilangan Tank 500 savdolari boshlandi
Avto | 12:07
-
Rossiyada million yuk tashuvchi, haydovchi va omborchi tanqisligi yuzaga keldi
Jahon | 11:39
-
Tramp Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralarga majburladi – Hegset
Jahon | 11:24
Mavzuga oid

14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi

07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

11:21 / 06.02.2025