Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sovuq tushganda metan zapravkalar ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin
«Hududgazta’minot» keyingi kunlarda havo harorati pasayishi kutilayotgani munosabati bilan aholini tejamkorlikka chaqirdi, haydovchilardan avtomobillarini yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

Foto: Kun.uz
16–18 fevral kunlari mamlakat bo‘ylab havo harorati keskin pasayishi va joylarda harorat kunduzi –3...–8 daraja, kechasi –11...–16 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash choralari ko‘rilishini ma’lum qildi. «Hududgazta’minot» AJ iste’molchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida respublika bo‘yicha 262 ta avariya brigadalarini shay holatga keltirgan.
«Hududgazta’minot» AJ havo harorati pasaygan davrda iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida e’tibor berish zarurligi, shuningdek, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qo‘lbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib o‘tgan.
Shu bilan birga, «Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan tabiiy gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini o‘chirishni, gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda gaz xizmatiga murojaat qilishni so‘ragan.
«Fursatdan foydalanib, «Hududgazta’minot» AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti bo‘limlari va joylarda tashkil etilgan bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Sovuq kunlarda gaz iste’molining ortishi munosabati bilan, AGTKShlarda navbatlar va noqulayliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida «Hududgazta’minot» AJ haydovchilardan o‘z avtomobillarini yonilg‘i bilan ta’minlab olishlarini so‘raydi. Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha AGTKShlar 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ularning ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin», deyilgan xabarda.
Barcha takliflar, shikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqamiga, gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa texnik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ma’lumotlarni 104 raqamiga qoldirish mumkin.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

12:20 / 03.08.2025
Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

12:53 / 30.07.2025
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

13:38 / 28.07.2025
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi

14:16 / 21.07.2025