Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX bolasini sotmoqchi bo‘lgan to‘rt ayolni tezkor tadbirda qo‘lga oldi
Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Toshkent shahrida 6 yoshli o‘g‘lini 3 ming dollarga hamda Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavsizlik xizmati xodimlari tomonidan respublikaning turli hududlarida odam savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Tezkor tadbirlar davomida o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar ayol ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 1991 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30 yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Termiz tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol joriy yilning 25 yanvar kuni tug‘ilgan qiz farzandini o‘zining jinoiy sherigi bo‘lgan, 1982 yilda tug‘ilgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln so‘mga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining 2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 3 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi 29 yoshli ayol 2014 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini 18 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
-
Importda yana muammo: Texnik tartibga solish agentligi muzlatkich va sovitkichlarni O‘zbekistonga kirgizmayapti
Iqtisodiyot | 18:37
Mavzuga oid

09:12
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

10:11 / 06.07.2025