12 fevral kuni Toshkentning ikki tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar Sergeli-8a mavzesidagi yerosti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Sergeli tumani
- Aholi iste’molchilari: «Sohibkor», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», «Madadkor», «Ziyrat», «Mehrigiyo», «O‘zgarish», «Habibiy», «Saxovat», «Qipchoq», «Nurhayot», «Ittifoq», «Nilufar» MFYlaridagi 347 ta ko‘p qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon;
- «Daryo bo‘yi», «Sofdil», «So‘g‘diyona» MFYlaridagi 4072 ta yerli xonadon.
Yangihayot tumani
- Aholi iste’molchilari: «Yo‘ldosh», «Mash’al», «Yangi turmush», «Olchazor», «Xushnud», «Navqiron», «Yorqin hayot», «Choragon», «Chorbog‘», «Viktor», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Toshkent», «Fayzli» MFYlar ko‘p qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 yerli xonadon.
«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

09:20 / 27.06.2025
Rossiyada gaz quvuridan yashirinib o‘tgan askarlarda saraton aniqlangani ma’lum qilindi

13:06 / 25.06.2025