Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlari qariyb 12 mln gektarga yetdi
So‘nggi olti yil davomida o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaygan.
O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlari kengaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov o‘z axborotida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi olti yil davomida o‘rmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengayib, bugungi kunda 11,9 mln gektarga yetgan. Bu respublika umumiy yer maydonining 26,4 foizini tashkil etadi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan 2023 yilda 235 ming gektar maydonda o‘rmon barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari bajarilgan, o‘rmon fondi yerlarining foydalanilmayotgan 7 012 gektar maydonlari o‘zlashtirilgan.
Orolbo‘yi hududlarining ekologik barqarorligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 127,8 ming gektar, Buxoro viloyatida 40,6 ming gektar, Navoiy viloyatida 43,7 ming gektar va Xorazm viloyatida 10,6 ming gektar maydonda saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etilgan.
Nizomiddin Bakirovga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 3 mln tupga yaqin daraxtlar va butalar ko‘chatlari hamda nihollari bepul yetkazib berilgan, 457 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo etilgan.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, o‘rmon fondi yerlaridagi ekoturizm obektlari soni 280 taga, ekoturistik marshrutlar soni 38 taga, tashrif markazlari soni 5 taga yetkazilgan. 2023 yilda olinadigan yalpi daromad 320 mlrd so‘mni, o‘rmon mahsulotlari bo‘yicha ichki mahsulot ishlab chiqarish 8,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Oldinroq Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun muhokama qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

14:59 / 16.06.2025
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

17:15 / 10.06.2025