Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlar qurboni bo‘lgan o‘smirlarning ota-onasidan uzr so‘radi
AQSh Senatidagi tinglovlar chog‘ida Meta (Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiladi) korporatsiyasi rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlangan bolalarning oilalaridan kechirim so‘radi.

Foto: AFP
Tsukerberg 31 yanvar kuni Senatda internetda bolalar xavfsizligi masalasiga bag‘ishlangan tinglovga chaqirilgan 5 ta yirik texnologiya kompaniyalari rahbarlaridan biridir. Yig‘ilishda X, Discord, Snapchat va TikTok platformalari rahbarlari ham ishtirok etdi. Bu haqda The Washington Post yozdi.
Tinglovlar internetda bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish muammolari, kiberbulling, giyohvand moddalar haqidagi materiallar, otishma va o‘z joniga qasd qilish usullari va boshqa ko‘plab masalalarga bag‘ishlandi. Uchrashuv davomida Tsukerberg senator Josh Houli tomonidan so‘roq qilindi.
Kongressmenning ta’kidlashicha, avvalroq Instagram bu borada o‘z tadqiqotini o‘tkazgan va u voyaga yetmagan foydalanuvchilarda depressiya, xavotir va boshqa psixologik muammolarga duch kelish xavfi borligini ko‘rsatgan. Shuningdek, u o‘smirlar va bolalar platformada jinsiy ekspluatatsiya va nomaqbul kontent tahdidiga duch kelayotgani haqidagi dalillarni keltirdi. Yig‘ilishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan bolalarning ota-onalari va yaqinlari ham hozir bo‘ldi.
«Bugun qurbonlarning oilalari bu yerga yig‘ilgan. Jabrlanganlardan kechirim so‘raganmisiz? Buni hozir qilishni xohlaysizmi? Ular shu yerda, buni milliy televideniye translatsiya qilyapti, qurbonlardan kechirim so‘ramoqchimisiz?» deb Tsukerbergdan so‘radi senator Josh Houli.
Shundan so‘ng, Meta rahbari qo‘llarida marhum bolalarining fotosuratlarini ushlab turgan ota-onalariga qarab, ulardan kechirim so‘radi.
«Siz boshdan kechirgan hamma narsa uchun uzr so‘rayman. Hech kim sizning oilangiz boshidan kechirgan narsalarga duch kelmasligi kerak va shuning uchun biz juda ko‘p sarmoya kiritmoqdamiz va sizning fojiangizni hech kim boshdan kechirmasligiga ishonch hosil qilish uchun soha miqyosidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz», dedi Tsukerberg.
Sud majlisida X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i ijrochi direktori Linda Yakkarino, TikTok bosh direktori Shou Tszi Chu, Discord messenjeri egasi Jyeyson Sitron va Snapchat xizmatini boshqarayotgan Evan Shpigel ham ishtirok etdi.
O‘z ko‘rsatmasi davomida Shpigel, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali taqiqlangan moddalarni olishga muvaffaq bo‘lgan, dozasi oshirib yuborilishi oqibatida vafot etgan yoki jabrlangan bolalarning ota-onalariga hamdardlik bildirdi.
«Bu fojialarning oldini olmaganimizdan juda afsusdamiz. Biz platformamizda giyohvand moddalar bilan bog‘liq barcha qidiruvlarni blokirovka qilish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni qilyapmiz», dedi Shpigel.
Avvalroq, Qo‘shma Shtatlarning 40 dan ortiq shtati Meta kompaniyasini yoshlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kontent haqida jamoatchilikni chalg‘itgani bo‘yicha sudga bergan edi.
Shundan so‘ng, Meta korporatsiyasi o‘smirlarning Instagram va Facebook akkauntlarini zararli kontentdan, jumladan, o‘z a’zolariga zarar yetkazish, zo‘ravonlik tasvirlari va ovqatlanishning buzilishi haqidagi video va postlardan avtomatik ravishda cheklashni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

21:34 / 14.07.2025
Meta Apple muhandisini 200 mln dollar evaziga ishga yolladi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

18:27 / 18.04.2025