O‘zbekiston | 17:11 / 22.07.2025
8853
2 daqiqa o‘qiladi

“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

U go‘yoki shu yo‘l bilan xodimlarining rahbariga nisbatan “ishonchi”ni sinamoqchi bo‘lgan: ularni birma-bir turg‘izib qo‘yib, o‘zi ularning ustiga mashina haydab borgan va yaqin masofa qolganda to‘xtagan, bu orada kamida bitta ishchini urib ketgan ham. Poytaxt YHXB huquqbuzarning mashinasini jarima maydoniga qo‘yib, haydovchiga chora ko‘rdi.

Foto: Videodan kadr

Toshkentda avtosalon rahbari xodimlarining “ishonchi”ni tekshirish uchun xavfli sinov o‘tkazdi. U o‘zi mashina boshqargan holda, yo‘liga xodimlarini jonli to‘siq qilib qo‘ygan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, xodimlar o‘z direktoriga ishonishini aytgan holda birma-bir yo‘l ustida turgan. Rahbar esa mashinani yaxshigina tezlikda boshqarib kelib, xodimning oldida tormozlagan. U hatto xodimlardan birini urib ham yuborgan.

Videoga Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi e’tibor qaratib, avtosalon rahbari boshqargan mashinani jarima maydoniga qo‘ydi. Haydovchining o‘zi bir nechta qoidabuzarligi uchun jarimaga tortildi.

“Taklif va talablar bo‘yicha olingan video edi. Bu narsani hech kimga maslahat bermayman. Asosan, Instagram'da hayp qilish uchun edi, to‘g‘risi”, – degan huquqbuzar boshqa bunaqa qilmaslikka va’da berdi.

Mavzuga oid