Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
2019 yil kuzidan buyon viloyat IIBga rahbarlik qilib kelgan Shuhratjon Sotvoldiyev lavozimini tark etgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Polkovnik Abduvohid Salomovich Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi. Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bu haqda viloyat hokimligida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirokida o‘tkazilgan tayinlov tadbirida ma’lum qilingan.
Abduvohid Ismoilov 1965 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Muqaddam Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2019 yil oktyabr oyida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Qashqadaryo viloyati IIBga 2019 yil oktyabridan buyon Shuhratjon Sotvoldiyev rahbarlik qilayotgandi. U bu lavozimga aynan Surxondaryo viloyati IIB rahbarligidan (2017 yil mayidan Surxondaryo viloyati IIBda boshliq bo‘lgan) o‘tgandi. 2022 yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Sotvoldiyev qat’iy ogohlantirilgandi.

Ayni vaqtda Sotvoldiyevning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, endi Ismoilov o‘rniga Surxondaryo viloyati IIBga kim boshliq bo‘lishi ham aniq emas.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025