YeXHT Ukrainaga yordamni kengaytiradi
Rossiya Kiyevga yordam berishga qarshi, biroq Malta YeXHTning amaldagi raisi sifatida Ukrainaga yordamni kengaytirish haqida o‘ylayapti. YeXHT Ukrainaga minalardan tozalash va adliya tizimini mustahkamlashda yordam bermoqda.

Foto: AP
Bu yil Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan Malta, Rossiyaning e’tirozlariga qaramay, Ukrainaga yordamni kengaytirish tarafdori. Bu haqda 25 yanvar, payshanba kuni Venada Malta tashqi ishlar vaziri Ien Borg YeXHTga a’zo 57 davlat, jumladan, Rossiya vakillariga ma’lum qildi.
Rossiya 2022 yilda Ukrainaga hujum qilishi ortidan YeXHTning Ukrainadagi loyihalarini kengaytirishga to‘sqinlik qilishga urindi, biroq tashkilotning boshqa a’zolari, jumladan, Germaniya YeXHTning Ukrainadagi faoliyatini cheklovsiz davom ettirishini ta’minladi. Boshqa narsalar qatori, YeXHT Ukrainaga minalardan tozalash, odam savdosiga qarshi kurash va adliya institutlarini mustahkamlashda yordam bermoqda.
Kiyevga tashrif
Borg kelasi hafta YeXHT raisi sifatida Kiyevga tashrif buyurishini aytdi. U yerda, o‘z so‘zi bilan aytganda, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.
Shu bilan birga, YeXHT doirasida Borg Moskvaning hamkorlikka tayyorligiga bevosita bog‘langan. Yaqinda Rossiya tashkilot bosh kotibi Helga Shmid bilan shartnoma muddatini ko‘p yilga uzaytirish va YeXHT budjetini qabul qilishni blokladi.
Ien Borg Shmidning vakolat muddati tugaydigan sentabr oyining boshigacha, o‘zi aytganidek, YeXHTning bardavomligini ta’minlash uchun ikkala masalani hal etish niyatida ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda
Jahon | 11:05
-
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
O‘zbekiston | 11:00
-
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
-
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
Jahon | 10:41
Mavzuga oid

11:05
Kiyev uchun qurol: AQSh Kongressi vaziyatga oydinlik kiritishni so‘ramoqda

23:03 / 02.07.2025
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

14:52 / 02.07.2025