O‘zbekiston | 15:02 / 26.01.2024
3122
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika tibbiyot markazlari mutaxassislari xorijga malaka oshirishga yuboriladi

O‘zbekistonda respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi yiliga kamida 3 taga ko‘paytirib boriladi.

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ilmiy izlanishlar natijasida yiliga 4-8 turda respublikada bajarilmaydigan tashxislash va davolash yangi usullarini o‘z amaliyotlariga tatbiq etadi.

Har bir respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yiliga 10 nafar mutaxassislari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy tibbiyot muassasalarida maqsadli va manzilli malaka oshirishi ta’minlanadi.

Ilmiy loyihalar va ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq qilish maqsadida tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar va sarflov vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Har bir respublika tibbiyot muassasalarida yangi yuqori texnologik amaliyotlar turi quyidagicha ko‘paytiriladi:

  • 2024 yil 3 taga;
  • 2025 yil 4 taga;
  • 2026 yil 5 taga.

Mavzuga oid