Tumanlar aholisining viloyat markaziga tibbiy yordam bo‘yicha murojaati 50 foizgacha qisqartiriladi
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida tashxislash va davolash amaliyotlarini bosqichma-bosqich tuman (shahar) darajasida joriy qilib borish mo‘ljallangan.

Foto: Bo‘ston tumani hokimligi
Tuman/shaharlar darajasida ixtisoslashgan yordam hajmini ko‘paytirish orqali tuman/shahar aholisining viloyat markazlariga tibbiy yordam olish borasidagi murojaatlarini 50 foizgacha (yiliga o‘rtacha 7 foizdan) qisqartirish rejalashtirilmoqda.
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, respublika va viloyat darajasida bajariladigan tashxislash va davolash amaliyotlari bosqichma-bosqich tuman (shahar) darajasida amaliyotga joriy qilib boriladi.
Har bir markaz tomonidan yiliga 4-8 turda tashxislash va davolash usullarini tuman (shahar) darajasida amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

14:20 / 09.06.2025