O‘zbekistonda suyak ko‘migi transplantatsiyasi amaliyoti joriy etiladi
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, suyak ko‘migi transplantatsiyasi amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Foto: iStock
Pediatriyaning barcha yo‘nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, bolalar xirurgiyasidagi neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, har yili 3 ming nafargacha bolaga tug‘ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar (jumladan, gidrotsefaliya) bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.
Har yili kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to‘plamlari qo‘llagan holda skolioz va umurtqa pog‘onasining boshqa patologiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari amalga oshiriladi.
Suyak ko‘migi transplantatsiyasi amaliyotini joriy etish ham rejalashtirilmoqda.
Milliy emlash kalendari asosida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni profilaktik vaksinatsiya qilish orqali boshqariluvchi yuqumli kasalliklar oldini olish mo‘ljallanmoqda.
Ota-onalar o‘rtasida vaksinatsiyaning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boriladi.
4,9 mln nafar 5 yoshgacha bolalar to‘liq vaksinatsiya bilan qamrab olinadi.
Mavzuga oid

14:20
Putin Rossiya flotini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

17:16 / 10.04.2025