O‘zbekiston | 11:32 / 24.01.2024
1391
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 20 ming tibbiyot xodimining malakasi oshiriladi

O‘zbekistonda olti oygacha bolalar orasida mutlaq ko‘krak suti bilan boqiladigan bolalar ulushini 80 foizga, ikki yoshgacha ko‘krak suti bilan aralash boqiladigan bolalar ulushini 70 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 

Foto: iStock

«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, JSSTning «Birinchi 1000 kunlik» dasturi asosida 20 ming tibbiyot xodimlarining malakasi oshiriladi.

Ko‘krak suti bilan boqish uchun sharoit yaratilgan va JSSTning maxsus sertifikatiga ega bolalar shifoxonalari ulushi 90 foizga yetkaziladi.

“Yosh onalar maktabi”da onalar va ularning oila a’zolariga ko‘krak sutining ahamiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi va roliklar namoyish etish orqali targ‘ibot olib boriladi.

Jamoat va aholi murojaat qiladigan joylarda “Ona va bola” xonalari tashkil etiladi.

Mavzuga oid