Namanganda bog‘cha xodimlari majburiy mehnatga jalb qilindi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bog‘cha direktoriga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumanidagi yangi bog‘chada xodimlar og‘ir ishlarni qilishga majburlangani aytilgan xabarlar va ularga ilova qilingan fotosuratlar tarqaldi.
Fotosuratlarda bog‘cha xodimlari bo‘lgan ayollarning og‘ir toshlarni, chiqindilarni tashiyotgani, atrofni supurib, yer chopayotgani tasvirlangan.
Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi. Unga ko‘ra hodisa Pop tumanidagi 56-sonli davlat bog‘chasida sodir bo‘lgan.
Bog‘cha direktori muassasa ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkilot xodimlarini obodonlashtirish, bezak ishlari bajarilishiga jalb etgan.
Qayd etilishicha, o‘rganish natijalari yakunida bog‘cha direktoriga nisbatan xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasiga zid ravishda mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilingani sababli MJtKning 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, MJtKning 46-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

11:15 / 27.05.2025
Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

11:38 / 25.04.2025
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi

15:31 / 24.04.2025
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda

14:15 / 14.04.2025