Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda tug‘uruqxonada to‘rt egizak va ularning onasi vafot etdi
Bemorda homilaning patologik tushishi kuzatilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limiga o‘pka arteriyalarining massiv tromboemboliyasi va o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida to‘rt nafar egizak ko‘rgan ayol va uning farzandlari vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
SSVga ko‘ra, 2024 yil 13 yanvar soat 21:10da Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali 1-akusherlik bo‘limiga Davlatobod tumani “Nurobod” MFY da yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. kuchli tug‘uruqoldi og‘rig‘i bilan og‘ir ahvolda olib kelingan.
“Qabul vaqtida unga “1-homiladorlik, 24 hafta 1 kun. Ko‘p homilalik. (to‘rt egiz homila). Uretrogidronefroz 3-darajasi. Surunkali anemiya o‘rta darajasi” dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Ayolda mazkur homiladorlik tushish xavfi va uretrogidronefroz 2-, 3-daraja bilan kechgan. Shu sababli M.M. uch marta markazning homiladorlarni davolash bo‘limida zarur muolajalar olgan.
O‘sha paytda ayolning yaqinlariga 4 egiz homila muddatiga yetib, tug‘ilishi qiyin ekanligi va buyraklar uretrogidronefrozi 2-, 3-darajasi homilador salomatligida jiddiy asoratlar berishi mumkinligi haqida tushuntirilgan. Ayol tibbiy nazoratda bo‘lgan vaqtda unga antibakterial terapiya va distress sindrom profilaktikasi o‘tkazilgan.
2024 yil 14 yanvar kuni soat 23:00da bemorda og‘riq kuchayib, o‘ta qisqa vaqtda homilaning patologik tushishi kuzatilgan. Homilalarning vazni 410 gr, 380 gr, 390 gr va 400 grammdan iborat bo‘lgan.
Shundan keyin ayol bachadoni instrumental tozalanib, ginekologiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Biroq 15 yanvar kuni soat 6:50da bemorning ahvoli keskin yomonlashib, unda klinik o‘lim holati yuz bergan. Ayol darhol sun’iy nafas olish uskunasiga ulanib, birlamchi reanimatsion choralar ko‘rilishiga qaramasdan shu kuni soat 7:10 da unda biologik o‘lim kuzatilgan”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Qo‘shimcha qilinishicha, sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, bemorning o‘limiga o‘pka arteriyalarining massiv tromboemboliyasi va o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025