“Keksa” mashinani “yoshartirgan” tadbirkor
Marg‘ilonlik tadbirkor Rahmatullo Ro‘ziboyev tarixiy mashinalar ishqibozi. U 1939 yilda ishlab chiqarilgan eski GAZ M-1 mashinasini 1 000 dollarga sotib olib, qayta jihozlagan. 100 km masofaga 10-12 litr yoqilg‘i sarflaydigan “85 yoshli” mashina soatiga 140 km tezlikkacha harakatlana oladi.

Tadbirkor tarixiy mashinasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘zlab berdi:
“GAZ M-1 mashinasini 2020 yilda Andijondan 1000 dollarga sotib olganman. Avvalida “kuzov” qismi bor edi xolos.
Avtoulovni shu holga keltirish uchun ancha ter to‘kdim. Ehtiyot qismlar uchun 25 ming dollar sarfladim. “Bufer”, ballonni almashtirdim. Mashinaga xohlagan avtomobil motorini qo‘ysa bo‘ladi. Men esa “Volga” motorini joyladim. Mashina og‘irligi hisobiga 100 km.ga 10-12 litr yoqilg‘i sarflaydi. Soatiga 140 km tezlikkacha harakatlana oladi.
O‘zim asosan Trasker haydayman. Retro mashinam hatto Trasker’dan ham yumshoq. Yoshlikdan tarixiy filmlarga qiziqaman. Bu mashinani sotib olishim ham bejizga emas. Yaqin kelajakda urush davriga xos ana shunday filmlarga suratga tushishni reja qilib turibman.
Mashinaga xaridorlar ham chiqib turibdi. Lekin sotish niyatim yo‘q. Uni ko‘z qorachig‘idek asrab? avlodlarimga esdalik sifatida qoldirmoqchiman”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, GAZ M-1 (“Emka”) avtomobillari 1936 yildan 1942 yilgacha Gorkiy avtozavodida 62 888 dona ishlab chiqarilgan.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Montaj ustasi: Nizomjon Toshpo‘latov
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 16:42
-
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish jarayoni boshlandi
O‘zbekiston | 16:33
-
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14
-
To‘qimachilik sohasidagi ayrim korxonalar pokistonliklar boshqaruviga berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:44
Mavzuga oid

08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi

09:38 / 16.04.2025
Piskentda avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025