Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: Hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish masalasi ko‘rib chiqiladi
Bundan tashqari, “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transportidan foydalanishni kengaytirish, AI-80 benzinini taqiqlash, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va boshqa choralar bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Foto: Kun.uz
Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi mutaxassislar ishtirokida Toshkent shahridagi havo ifloslanishi masalasini ko‘rib chiqdi.
Mahkama matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilish yakuni bo‘yicha “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transportidan foydalanishni kengaytirish, yoqilg‘i standarti minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishilgan.
Bosh prokuratura aholini havo ifloslanishi masalasida “norasmiy manbalar”ga tayanmaslikka chaqirgan.
“O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi havo ifloslanishini avtomatik usulda monitoring qilishga mo‘ljallangan zamonaviy HORIBA stansiyalari bilan ta’minlangan bo‘lib, havo ifloslanishi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilib boradi. Havo ifloslanishi bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlashda rasmiy manbaalardan foydalangan holda norasmiy manbaalarga tayanmaslik tavsiya etiladi”, – deyiladi bayonotda.
Yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ishtirok etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida mamlakatda 85 mln tupdan ortiq daraxt ekilgan, Orol dengizining qurigan tubida 1,8 mln gektar maydonda yoki Surxondaryoda qurg‘oqchilikka chidamli 3 mln tup o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etilgan.
O‘tayev o‘z so‘zida Toshkentda sun’iy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketgani, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotgani, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi va suvdan tejamkorlik bilan foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmayotgani, atmosferaga me’yoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganiga urg‘u bergan.
Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Ekologiya vazirligi havo ifloslanishi sabablari va yechimlar bo‘yicha takliflarini e’lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

13:11 / 14.07.2025