Masharipov: «Hozirgi jamoaning ustunligi - yetakchilarga qarab qolmagan. 2019 yilgi tarkibdan nom bo‘yicha emas, jamoa sifatida yaxshiroqmiz»
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Jaloliddin Masharipov Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan Suriyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«2-bor Osiyo Kubogida qatnashaman. Bundan mamnunman. Musobaqaga tayyormiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagani muxlislar yetib kelgani ham xursand qiladi.
2019 yilgi tarkib bilan taqqoslasak, unda Odil Ahmedov, Ignatiy Nesterov va Anzur Ismoilov kabi katta nomlar ko‘p edi. Hozir o‘sha tarkibdan men va Otabek Shukurov bormiz xolos. Lekin hozirgi jamoada uslub, tartib-intizom va ishonch bor. Jamoa sifatida avvalgidan yaxshiroqmiz.
Jamoa yaxshi shakllandi. Buni JCh saralashidagi Eron bilan o‘yin (2:2) ham isbotladi. Shuning uchun bizni va muxlislarimizni yorqin turnir kutmoqda, deb o‘ylayman. Kamida kuchli to‘rtlikka kirishimiz kerak. Avvalgiga qaraganda muxlislar ham bizga ko‘proq ishonishmoqda.
Shomurodov va Aliqulov yo‘qligi? Hozirgi jamoaning ustunligi — 1-2 futbolchiga qarab qolmagan. Ba’zida bizdan ko‘ra zaxiradan tushgan futbolchilar samarali harakat qilishmoqda. Avvallari 1-2 yetakchimiz bo‘lardi va ularning o‘yini qovushmasa, yutqazib qo‘yardik. Menimcha, hozir jamoa sifatida ishonchliroqmiz.
Bu safar tarkibda Osiyo Kubogida debyut qiladiganlar ko‘pdir, ammo ularning aksariyati klubida va yoshlar jamoalarida katta o‘yinlarda qatnashishga ulgurdi. Hayajonlangan yoshlarga, albatta, biz yordam beramiz», — deydi yarimhimoyachi matbuot anjumanida.
O‘zbekiston — Suriya bahsi 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

10:07 / 30.05.2025
BAAdagi o‘zbekistonliklar milliy jamoa o‘yiniga chipta xarid qilishda muammolarga duch kelishyapti

18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi

23:40 / 20.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi

01:32 / 07.04.2025