Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda malakani mustaqil baholash qoidalari e’lon qilindi
Malakalarni baholash markazlari tomonidan kasb imtihoni ko‘rinishida malakani mustaqil baholashni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash haqidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Qoidalar Malakani baholash markazlari tomonidan kasb imtihoni ko‘rinishida malakani mustaqil baholashni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Malakani baholash, Malakani baholash markazi tomonidan onlayn testni o‘tkazishga mo‘ljallangan dastur ta’minotidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bunda, malakani baholash jarayoni elektron tashuvchi jismda videoyozuv orqali qayd etiladi.
Baholashdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan baholash vositalari (baholash usullari, malaka imtihonining nazariy va amaliy qismlari uchun topshiriqlar, foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va onlayn-sinov uchun dasturiy ta’minot to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan holda) tasdiqlashdan oldin tegishli Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat masalalari ilmiy-tadqiqot instituti (Mehnat instituti) tomonidan ekspertizadan o‘tkazish shart.
Malakani baholash shaffoflik, xolislik, mustaqillik, manfaatlar to‘qnashuvini istisno etish, shaxsga taalluqli ma’lumotlarning maxfiyligi va ochiqlik tamoyillari asosida kasbiy standartlari talablari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi tarif-malaka ma’lumotnomalari talablariga muvofiq tegishli soha bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertlardan iborat malaka komissiyasi tomonidan Malaka imtihoni tarzida o‘tkaziladi.
Malakani baholash markazi ta’lim (kasb-hunarga o‘qitish, malaka oshirish) faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa negizida tashkil etilganda, ushbu muassasalarda o‘qib chiqqan fuqarolarni malakasini baholashga ruxsat etilmaydi.
Malaka imtihonini o‘tkazishda vakolatli tashkilot, respublika va tarmoq kengashlarining vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga haqli.
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash:
- kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning tashabbusiga ko‘ra-ushbu shaxsning mablag‘lari hisobidan;
- ish beruvchining yo‘llanmasiga ko‘ra-ish beruvchining mablag‘lari hisobidan;
- ish beruvchi budjet tashkilotlari yoki budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar bo‘lganda tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
- kasbga o‘qitish markaziga xizmatlar ko‘rsatish doirasida-kasbga o‘qitish markazining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
-
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Iqtisodiyot | 19:54
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
Mavzuga oid

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi

13:35 / 03.03.2025