Ural Airlines O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Rossiyaning yirik shaharlari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Namangan va Qarshi bilan bog‘lanadi.

Foto: Interfaks
Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi 2024 yil 13 yanvardan O‘zbekistonning beshta shahriga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Qayd qilinishicha, parvozlar Rossiyaning Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk va Moskva shahridan (Domodedovo aeroporti va Jukovskiy aeroporti) yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
- Yekaterinburg – Toshkent, dushanba, payshanba va shanba kunlari;
- Toshkent – Yekaterinburg seshanba, juma va shanba kunlari;
- Yekaterinburg – Samarqand, seshanba va juma kunlari;
- Samarqand – Yekaterinburg, chorshanba va shanba kunlari;
- Yekaterinburg – Farg‘ona, seshanba va juma kunlari;
- Farg‘ona – Yekaterinburg, chorshanba va shanba kunlari;
- Yekaterinburg – Namangan – Yekaterinburg, chorshanba va yakshanba kunlari;
- Samara – Toshkent, yakshanba kunlari;
- Toshkent – Samara, dushanba kunlari;
- Krasnoyarsk – Toshkent – Krasnoyarsk, payshanba kunlari;
- Moskva (Jukovskiy) – Toshkent – Moskva (Jukovskiy), har kuni;
- Moskva (Domodedovo) – Qarshi, seshanba, payshanba va shanba kunlari;
- Qarshi – Moskva (Domodedovo), chorshanba, juma va shanba kunlari;
- Moskva (Domodedovo) – Namangan – Moskva (Domodedovo), seshanba va shanba kunlari.
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025