Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2023 yil 16 dekabrdagi IIB-426-sonli xulosasida, o‘sha postlarda fuqarolarning diniy e’tiqodiga qarab ularning diniy his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan fikrlar mavjud bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat sudi matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 13 dekabr kuni fuqaro A.O.ning “Odnoklassniki.ru” saytida ochilgan profili ko‘zdan kechirilganida, ushbu profilda 4 ta fayl mavjudligi aniqlangan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Qashqadaryo viloyat bo‘limining 2023 yil 16 dekabrdagi IIB-426-sonli xulosasida, ushbu fayllardagi ma’lumotlarda fuqarolarning diniy e’tiqodiga qarab ularning diniy his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan fikrlar mavjudligi, shu sababli ularni O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash va tarqatishga ruxsat etilmasligi qayd etilgan.
Tekshiruvlarda A.O. «yoqdi» belgisini bosishi oqibatda o‘sha postlar uning virtual do‘stlari va obunachilariga ham tarqalgani ma’lum bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining 2023 yil 18 dekabrdagi qaroriga asosan A.O. MJtKning 184-3-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va shu kodeksning 33-moddasi tartibida BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xoqon Fidan: Isroilning G‘azodagi genotsidi mintaqadagi o‘n yillik taraqqiyotni yo‘q qildi
Jahon | 10:46
-
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti
Iqtisodiyot | 10:41
-
Rossiya Kommunistik partiyasi: Xrushchevning Stalin haqidagi ma’ruzasi xato bo‘lgan
Jahon | 10:05
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025