Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi tug‘uruqxonada homilador ayol vafot etdi
Ayol tug‘uruqxonaga tongda olib borilgan. Tushga yaqin vafot etgan.

Foto: Getty Images
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi tug‘uruqxonada homilador ayol vafot etgan. Viloyat SSB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 22 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
22 dekabr kuni soat 4:00 larda Past Darg‘om tumani Istiqlol mahallasida yashovchi homilador ayol tuman tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limiga qorin qismida dardsimon og‘riq bilan qaynonasi hamda turmush o‘rtog‘i hamrohligida, tez tibbiy yordam mashinasida keltirilgan.
O‘tkazilgan tezkor tibbiy ko‘riklar natijasida, homilador ayolda 2-homiladorlik va 2-tug‘ruq, homilaning 38 haftaligi, tug‘ruq belgilari, kamqonlikning o‘rta og‘ir darajasi aniqlangan.
Homilador ayol tuman tug‘uruq bo‘limida shifokorlar kuzatuvida bo‘lgan. Biroq uning ahvoli to‘satdan keskin og‘irlashgan va belgilangan standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan muolajaalarga qaramay u soat 10:35 da vafot etgan.
Holat yuzasidan tuman IIBga xabar berilgan va marhum Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialiga yuborilgan.
Aniqlanishicha, ayolda o‘ng kichik boldir suyagi pastki uchligida o‘sma aniqlangani bois unda 2022 yil 18 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, marhumada buyrak va mezenterial arterialarning yorilishi natijasida hayot uchun xavfli bo‘lgan massiv o‘tkir qon ketishi, homilaga aloqasi bo‘lmagan holda qorin bo‘shlig‘ida qon va qon laxtalari aniqlangan.
«Hozirda, Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialida ekspertiza tekshiruvlari olib borilmoqda. Tekshiruvlar yakuniy natijalari va o‘rganish xulosalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

20:48
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025