Munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.
“Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Milliy komissiya:
ichki ishlar vaziri – Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri – Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborat bo‘ladi.
Milliy komissiyaning asosiy vazifalari belgilandi. Milliy komissiya, jumladan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, munosib mehnat tamoyillarini, xalqaro mehnat standartlarini keng joriy etish, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyalarga rahbarlik qilish vazifasi yuklandi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti negizida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

12:25 / 11.06.2025
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

21:16 / 26.05.2025