Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Ular odam savdosi va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari O‘mondagi hamkasblari bilan gumonlanuvchilarni soddalashtirilgan tartibda ekstraditsiya qildi.

Foto: INTERPOL
Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol fuqaro Maskat shahridan Toshkentga olib kelindi.
Qayd etilishicha, O‘mon hududida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol ushlangan. 23 may kuni byuro xodimlari tomonidan ularning ekstraditsiyasi amalga oshirilgan. Ikkala ayol ham firibgarlik va odam savdosi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.
Firibgarlik bilan bog‘liq xatti-harakati uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ekstraditsiya qilish jarayonini amalga oshirish maqsadida kuzatuv guruhi Maskatga borgan. Interpol Maskat Milliy markaziy byurosi vakillari bilan uchrashuv davomida, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruv e’lon qilingan, odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgan yana bir jinoyatchi ayol qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan. O‘tkazilgan uchrashuv natijasida soddalashtirilgan ekstraditsiyani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
«Shu tariqa, o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlari va ikki tomonlama amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, qidiruvdagi shaxslar sud oldida javobgarlikka tortilishi va munosib jazo olishi uchun O‘zbekistondagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

15:00 / 14.06.2025
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

12:25 / 11.06.2025