Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tmoqda - Shavkat Mirziyoyev
Bu vaziyatda «milliy manfaatlarga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish oson bo‘lmayotgani» ta’kidlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
22 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada shiddatli tus olayotgani ta’kidlandi.
Prezident ayni vaqtda azaliy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar tizimida chuqur transformatsiya jarayonlari yuz berayotganini aytib o‘tdi.
«Ilgari o‘z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish, qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar yo‘liga o‘tganiga hammamiz guvohmiz. Afsuski, bunday keng ko‘lamli va o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti», — dedi davlat rahbari.
«Ana shunday g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish, albatta, oson bo‘lmayapti», — deya ta’kidladi prezident.
Davlat rahbari O‘zbekiston dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
-
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
O‘zbekiston | 08:32
-
Elektr energiyasining texnologik sarf me’yorlari belgilanadi
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

16:10 / 01.10.2024
Zaxar Prilepinga suiqasdda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:08 / 28.09.2024
Prilepinga suiqasdda ayblangan shaxsga umrbod qamoq jazosi so‘raldi

19:10 / 04.07.2024
Zaxar Prilepin Kremlda mukofotlandi

17:28 / 12.06.2024