Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prilepinga suiqasdda ayblangan shaxsga umrbod qamoq jazosi so‘raldi
Rossiya prokuraturasi urushparast jamoat arbobi va yozuvchi Zaxar Prilepinning mashinasini portlatib yuborganlikda ayblangan Aleksandr Permyakovni umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so‘radi, deb xabar berdi «Mediazona».

Foto: TASS
Rossiya prokuraturasi urush tarafdori bo‘lgan jamoat arbobi va yozuvchi Zaxar Prilepinning mashinasini portlatganlikda ayblangan Aleksandr Permyakovni maxsus rejimli koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ramoqda. Bu haqda 27 sentabr, juma kuni 2-g‘arbiy okrug harbiy sudi zalidan «Mediazona» muxbiri xabar berdi. Prokuror Nadejda Tixonova jinoyatning ijtimoiy xavfliligini «katta» deb atadi va ayblanuvchining «qat’iy g‘ayriijtimoiy munosabatlari va ijtimoiy xavfli manfaatlarini» qayd etdi.
O‘z navbatida, advokat Permyakovga tegishli epizodlar bo‘yicha jinoiy ta’qibni to‘xtatishni so‘radi, deb yozadi «Mediazona». Himoyachi, shuningdek, Permyakov sudlanmaganligini, «prokuratura dalillariga zid ravishda», o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lganini va «jinoyatni ochishga faol hissa qo‘shganini», onasi esa bir qator surunkali kasalliklarga ega ekanligini hisobga olishni so‘radi. Shuning uchun advokat suddan Permyakovga «bu sharoitda minimal darajada mumkin bo‘lgan» jazo tayinlashni iltimos qildi.
Ayblanuvchi Permyakov o‘z fikrini bildirmadi. Jabrlanuvchi Prilepin munozarada ishtirok etishdan bosh tortdi va Permyakovni «qonunga muvofiq» jazolashni so‘radi. Sud hukmni 30 sentabr kuni e’lon qilishi kerak.
Prilepin 2023 yil may boshida avtomobil portlashi oqibatida jarohatlangan edi
Kremlparast yozuvchi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili 6 may kuni Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qishlog‘ida portlab ketdi. Portlash natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovchisi Aleksandr Shubin halok bo‘ldi. Prilepin Donbassga tashrifidan so‘ng Moskvaga qaytayotgan bo‘lgan va chegara hududidagi nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tgan. U tushlikdan keyin mashinaga qaytganidan keyin portlash sodir bo‘ldi.
Xuddi shu kuni jinoyat sodir etilgan joydan unchalik uzoq bo‘lmagan o‘rmon zonasida Aleksandr Permyakov qo‘lga olindi, uning yonidan Rossiya va Ukraina pasportlari hamda Qozog‘istonning qalbaki pasporti, jangovar to‘pponcha, plastir, beshta sim-karta, ikkita bank kartasi, naqd rubl va grivna, fonar, kompas, chaqmoq tosh, o‘nta telefon raqamlari va ismlar yozilgan qog‘oz topildi.
Politsiya bo‘limida Permyakov aybini tan oldi. Ekspertiza uni qo‘lga olish vaqtida qo‘llarida portlovchi moddaning izlari borligini aniqladi. «Mediazona» shuningdek, qo‘lga olingandan so‘ng Permyakov Shubinning o‘limidan qayg‘uda ekanini, lekin Prilepin o‘lmaganidan afsusda ekanligini aytganini aniqladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

16:10 / 01.10.2024
Zaxar Prilepinga suiqasdda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

19:10 / 04.07.2024
Zaxar Prilepin Kremlda mukofotlandi

17:28 / 12.06.2024
O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet elliklarning O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi

15:07 / 28.03.2024