Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Siz yeydigan avokado qonga botgan” - amerikaliklarning avokado sevgisi Meksika o‘rmonlarini o‘ldirmoqda
AQSh aholisi 20 yil oldingidan 3 barobar ko‘p avokado yeyapti. Meksikaning yirik o‘rmonlari buning qurboniga aylandi. Meva sanoatidan boyiyotgan meksikaliklar avokadodan voz kechsa, foydadan, o‘rmonlardan voz kechsa, tabiatdan ajraladi.

G‘arbiy Meksikadagi yirik-yirik o‘rmonlar amerikaliklarning to‘ymas ishtahasi sabab yakson qilinyapti, deb yozadi The New York Times. Oltin qazib olish, palma va chorvachilik sabab Amazon va Borneo o‘rmonlari qanday qisqargan bo‘lsa, bu taqdir Meksika o‘rmonlarida ham takrorlandi.
Meksika yomg‘ir o‘rmonlariga hujum
Katta mashinalar o‘zlari bilan qurollangan odamlarni tashib kelib, ularni tumanlar qoplagan tog‘ning tepasiga olib chiqdi. Birozdan keyin ular ketgan joydan olov ko‘rina boshladi va u butun o‘rmon bo‘ylab osmono‘par daraxtlarni sekin-asta qamrab oldi. Olov o‘rmonni kulga aylantirgandan keyin, mashinalar iziga qaytib ketdi. Bir paytlar qo‘ziqorinlar o‘sgan yerlarda endi avokado ko‘chatlari o‘sa boshladi.

Bu G‘arbiy Meksika o‘rmonlarida qotillikning boshlanishi edi. Endi jinoiy to‘dalar yerni o‘zlashtirishi, mahalliy rasmiylarni sotib olishi evaziga o‘rmonlar o‘rnini avokado bog‘lari egallashi tobora ko‘payib boryapti. Hatto ba’zan egalaridan xususiy yerlarni noqonuniy tortib olish ham uchraydi.

AQShga avokado importining boshlanishi
AQSh Meksikadan avokado import qilishni qariyb 40 yil oldin boshlagan. Shundan beri avokado iste’moli keskin oshgan. Bunga turli marketing kompaniyalarining avokadoning yurakka foydasi haqidagi reklamalari, avokado tosti, Kaliforniya rollari kabi taomlarga yil davomida oshayotgan talab sabab bo‘lmoqda. Amerikaliklar hozir 20 yil oldingidan 3 barobar ko‘p avokado iste’mol qilyapti. Mevani sanoat darajasida eksport uchun o‘stirish 1990-yillarga borib taqaladi.

Talabni qondirish janubiy chegaraga qimmatga tushyapti. Inson huquqlari va ekofaollar fikricha, o‘rmonlar kesilishi, avokado daraxtlarini sug‘orish uchun suvli hududlarning yo‘qotilishini foyda orttirishni maqsad qilgan jinoiy to‘dalar qo‘llab-quvvatlayapti.

2021 yilda Meksika va AQSh 2023 yilgacha o‘rmonlarni kesishni to‘xtatish va orqaga qaytish bo‘yicha BMT bitimini imzolagandi. Biroq 2 mamlakat o‘rtasidagi 2,7 milliardlik avokado savdosi borligiga qaralsa, iqlim bo‘yicha berilgan va’dalar muallaq qoladi.
Meksika atrof-muhit rasmiylari AQShdan daraxtlarni kesish evaziga o‘stirilgan yerlardagi avokadoning Amerika bozorlariga kirishini to‘xtatishni so‘ragan. Xalqaro iqlim huquqlari tashkiloti hujjatlariga ko‘ra, hali AQSh rasmiylari so‘rovga javob bermagan.
Ostindagi Texas universitetini ekologik geograflariga ko‘ra, Michoakan shtatida AQShga eksport qilinadigan 10 ming gektardan ortiq avokado bog‘lari 2014 yilda o‘rmonzor bo‘lgan.
2021 yilda meksikalik eko rasmiylar AQSh Qishloq xo‘jaligi departamentining hududiy boshqaruvchisiga Meksikadan eksport qilinayotgan avokadolar noqonuniy kesib yuborilgan o‘rmon hududlarida yetishtirilgan yoki yo‘qligini aniqlash uchun xat yuborgan. Xat e’tiborsiz qoldirilganiga qaramay, 2022 yilda AQSh rasmiylari Meksikaning ikkinchi eng katta avokado yetishtiradigan shtati Jaliskodan avokado import qilishni boshlash kelishuvini o‘zgartirgan.
Suv muammosi
“Avokadoning global tarixi” kitobi muallifi Jyeff Millening yozishicha, bitta avokado yetishtirish uchun 14 tup archani o‘stirishga ketadigan suv sarflanadi.
Shu sababdan Michoakandagi hovuzlar suvi avokadolarga yo‘naltirilyapti. Bu esa dehqonlar uchun suv tanqisligi muammosini keltirib chiqaryapti. Avokado daraxtlari paydo bo‘lgan yerlarda plastik trubalar yordamida noqonuniy ravishda jo‘xori va pomidor yetishtiradigan dehqonlar suvi o‘g‘irlanyapti.
Ekofaollarning kuchi yetmayapti
Muammo bilan kurashishga ekofaollarning kuchi yetmayapti. Ular ko‘pincha zo‘ravonlikka duch keladi. 2021 yilda Michoakanda yashaydigan aktivistni olib qochib, kaltaklab ketishgan. 2019 yilda esa avokado bog‘larini qurishga qarshi chiqqanlarni qurollangan odamlar o‘g‘irlab ketib, uylarini buzgan.
Shuning uchun ekofaollardan biri amerikaliklarga qarata: “Yeyotgan avokadongiz qonga botirilgan”, deb xitob qiladi.
Yana bir voqea Michoakanning Zakapu shahridan yashaydigan Donasiano Arevalo bilan sodir bo‘lgan. U Zakapudan sotib olgan 20 gektar yeridagi daraxtlar arralar bilan kesilayotganini ko‘rib qoladi. Qurollangan kishilar avokado daraxtlari uchun uning yerini vayron qiladi.
Hozir Meksikada mahalliy korrupsiya sabab o‘rmonlarni saqlab qolish qiyinlashgan. Nazoratchilar ekologiya bo‘limlariga 5 gektardan ortiq avokado yerlarini aniqlamaslik topshirig‘ini bergan. Chunki bog‘ egalari yer hajmiga qarab nazoartchilarga pul beradi, axir kim ham Meksikada iqtisodiy generatorga aylangan avokado sanoati to‘xtashini xohlaydi? Bu haqda Time jurnalistlari olib borgan surishtiruvda ismini sir saqlash sharti bilan mahalliy rasmiylardan biri gapirib bergan.
2022 yilda o‘rmonlar kesib tashlangan Patuna shahridagi aholi bunga qarshi o‘zlari kurashishni boshlagandi. Shaharning kirish joyida 24 soatlik navbatchilik tashkil qilib, avokado ko‘chatlari bilan kiradigan mashinalarni o‘tkazmaslikka harakat qilishgan. Biroq bu usul ko‘p vaqt talab qilgani uchun harakat 3 oydan keyin to‘xtagan.
Avokado savdosi atrof-muhitni buzish, zo‘ravonlik va korrupsiya bilan qo‘shilib ketgan bo‘lsa ham, u rivojlanishda davom etishi mumkin. Chunki o‘tgan yili o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Michoakandagi avokado uchun foydalaniladigan yerlar 2050 yilga borib 80 foizdan oshishi mumkin.
"Biz shtat iqtisodiyotini buza olmasligimizni bilamiz. Biroq shuni ham bilamizki, o‘rmonlarni kesishni to‘xtatmasak, bizda hech narsa qolmaydi”, – dedi Michoakanning atrof-muhit bo‘yicha kotibi Alexandro Mendez.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga hujumida 39 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 08:58
-
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:47
-
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jahon | 08:15
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:05
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

14:59 / 16.06.2025
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025