O‘zbekiston | 20:40 / 19.12.2023
8740
2 daqiqa o‘qiladi

Parvoz kechiktirilganida aeroportda yo‘lovchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ma’lum qilindi

Barcha aviakompaniyalar bepul taqdim etishi lozim bo‘lgan asosiy xizmatlar sanab o‘tildi. 

Aviaqatnovlar noqulay ob-havo sharoiti yoki samolyotdagi texnik muammolar tufayli kechiktirilishi mumkin. Bunday holat yuz berganida turli aviakompaniyalarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning turli xil shartlari mavjud. Ammo barcha aviakompaniyalar bepul taqdim etishi lozim bo‘lgan asosiy xizmatlar ham bor. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, parvoz kechiktirilganda yo‘lovchilarga quyidagi xizmatlar bepul taqdim etilishi shart:

- telefon orqali bir marotaba suhbat, elektron pochta xabarini yuborish yoki boshqa aloqa usullaridan bir marta foydalanish;

- kutish vaqtida ichimlik suvi va issiq ovqat bilan ta’minlash;

- agar kutish vaqti tashuvchining qoidalarida belgilangan muddatdan oshib ketgan taqdirda, mehmonxona bilan ta’minlash;

- jo‘nab ketishni kutish davrida yo‘lovchini vaqtincha yashash joyiga olib borish va undan olib kelish uchun transport bilan ta’minlash;

- chiptada ko‘rsatilgan va o‘tkazib yuborilgan tranzit reyslari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash yoki qayta band (bron) qilish. 

Kichik yoshdagi bolasi (7 yoshgacha) bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga, parvozning kechikish vaqtidan qat’i nazar, ona va bola xonasiga kirish huquqi berilishi lozim.

Mavzuga oid