Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar vazirligining hududiy bo‘limlari tugatilib, funksiyalari SSPga o‘tkaziladi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatilib, vazirlikning hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalari bo‘yicha funksiyalari Savdo-sanoat palatasiga o‘tkaziladi. Eksport agentligi va jamg‘armasi hamda “O‘zbekekspertiza” tashkiloti ham SSP tizimiga o‘tadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi selektorda ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Davlat rahbari jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar hisobiga iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan xomashyo va mahsulotlar narxi, ularni yetkazib berish xarajatlari beqarorligini ta’kidladi.
“Mahsulotlarimiz narx jihatdan raqobatbardosh bo‘lishini istasak, eng avvalo, o‘zimizdagi xomashyoni chuqur qayta ishlab, tayyor sifatli mahsulotlarni ko‘paytirishimiz shart va zarur”, dedi prezident.
Shavkat Mirziyovga ko‘ra, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hozirgi tizimini qayta ko‘rib chiqib, hududlarda ishlab chiqarish, sanoat zonalari va eksport masalalarini Savdo-sanoat palatasiga o‘tkazish kerak.
Bu orqali loyiha qilish va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga o‘tkaziladi. Bu – tadbirkorlarning talab va istaklariga quloq solish, ular bilan yaqindan hamkorlik qilib, muammolarini hal qilish maqsadida qilinmoqda.
Shuningdek, Investitsiya vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatiladi. Hududlarda bu vazifalar bilan Savdo-sanoat palatasining loyiha qiladigan va eksportga ko‘maklashadigan mutaxassislari shug‘ullanadi.
Eksport agentligi va jamg‘armasi, “O‘zbekekspertiza” tashkiloti ham Savdo-sanoat palatasi tizimiga o‘tadi.
Ishlab chiqarish, eksport va brendlarga beriladigan grant, subsidiya va boshqa imtiyozlar palata orqali egasiga ochiq-oshkora va shaffof beriladigan tizim joriy qilinadi, deya ma’lum qilindi selektokda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025