O‘zbekiston | 09:23 / 16.12.2023
5428
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ma’lum bo‘ldi 

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida jami  61,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga joriy yilning 11 oyida tijorat maqsadida eng ko‘p tashrif  buyurgan davlatlar fuqarolari orasida Turkmaniston yetakchilik qilmoqda – 39 342 nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Tojikiston – 13 474 nafar;
  • Turkiya – 947 nafar;
  • Xitoy – 916 nafar;
  • Janubiy Koreya – 563 nafar; 
  • boshqa davlatlardan – 5 824 nafar.

Mavzuga oid