Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nafaqa va moddiy yordam olish uchun onlayn ariza berish yo‘lga qo‘yiladi
2024 yil 1 apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, 2024 yil 1 apreldan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 aprelga qadar kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda ma’lumotnoma taqdim etish bo‘yicha elektron shaklda davlat xizmatini ko‘rsatishni YaIDXP orqali joriy etish topshirildi.
1 apreldan boshlab oilaning daromadlari kam ta’minlanganlik mezoniga muvofiqligini aniqlashda minimal iste’mol xarajatlarining yangi miqdori Statistika agentligi ma’lumotlariga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun taqdim etilgan arizalarga qo‘llaniladi.
Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2023 yil 15 noyabrdan so‘ng taqdim etilgan arizalarga nisbatan joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
-
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston | 20:11
-
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03
Mavzuga oid

11:55 / 11.07.2025
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi

17:43 / 05.12.2024