Ucell. VoLTE/ViLTE texnologiyalarining yangi ufqlari

Foto: Ucell
Ucell butun O‘zbekiston bo‘ylab VoLTE/ViLTE texnologiyalarini joriy etdi. Endilikda kompaniya abonentlari hamma joyda tiniq ovoz va yuqori sifatli videolardan foydalanishlari mumkin.
COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) O‘zbekistonning LTE tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lgan aholi punktlari bo‘ylab VoLTE (LTE orqali ovoz) va ViLTE (LTE orqali video qo‘ng‘iroqlar) ilg‘or texnologiyalarini joriy etishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Mazkur yangilikni joriy etish 19 oktyabr kuni Navoiy viloyatidan boshlanib, bir oy davomida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oldi. U ishga tushirilganidan beri yuz minglab obunachilar texnologiyaga ulandi va ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda. VoLTE/ViLTE texnologiyalari butun O‘zbekiston bo‘ylab Ucell abonentlariga lahzali ulanish orqali nafaqat qulayroq va samarali muloqot qilish, balki muloqot davomida yuqori sifatli ovoz va tasvirdan bahramand bo‘lish imkonini beradi. 4G LTE tarmog‘i va VoLTE/ViLTE texnologiyalaridan foydalanganda, qo‘ng‘iroqlar va ma’lumotlarni uzatish bir vaqtning o‘zida yuz beradi.
Bu Ucellʼning ilg‘or aloqa texnologiyalari va yanada yaxshi aloqa tajribasini taqdim etishga sodiqligidan darakdir.
Quyida telefon sozlamalari orqali VoLTE'ga ulanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni topishingiz mumkin:
1. IOS: Sozlamalar - Uyali aloqa - Parametrlar - Ovoz va ma’lumot - VoLTE - Yoqish/O‘chirish
2. Android: Sozlamalar - Ulanish - Mobil tarmoqlar - VoLTE qo‘ng‘iroqlari - Yoqish/O‘chirish
VoLTE/ViLTE ulanishi quyidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kanallari orqali ham mavjud:
- Ucell mobil ilovasida Xizmatlar - Barcha xizmatlar - Boshqa (VoLTE/ViLTE xizmatini tanlash - Ulanish).
- *818*1*1# USSD-so‘rovini yuborish. - Call-markazga 8123 raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish.
*Xizmatni faollashtirish uchun 4G ta’minotiga ega SIM-karta va VoLTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma kerak bo‘ladi.
Reklama
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi

09:00 / 19.09.2024
Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

19:17 / 01.08.2024