Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank kartalaridan pul o‘g‘irlanishiga qarshi choralar belgilandi
Mobil ilovalarda yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘ o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilgan. Karta egasiga uning profiliga kirilgani haqida darhol SMS-xabar yuboriladi. Identifikatsiya maqsadida SIM-karta, qurilmaning IMEI-kodi, IMSI, DeviceID va boshqa ma’lumotlardan foydalanish joriy etiladi.

Foto: Getty Images
«Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan «yo‘l xaritasi»ga ko‘ra, 2024−2025 yillarda to‘lov tizimi operatorlarida tranzaksion antifrod tizimi hamda banklar va to‘lov tashkilotlari session antifrod tizimlaridan foydalanish uchun Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizim joriy etiladi.
Bundan tashqari, Markaziy bankda zamonaviy biometrik identifikatsiya tizimini qo‘llagan holda mijozlarni identifikatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida SIM-karta, mobil qurilma IMEI-kodi, internet tarmog‘i (rouming) orqali ma’lumotlarni identifikatsiya qilish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Banklar va to‘lov tizimlarining mobil ilovalaridagi xavfsizlik darajasini oshirish uchun yangi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining mablag‘ o‘tkazish imkoniyatini 1 soatgacha cheklash rejalashtirilgan. Asosiy foydalanuvchiga uning profiliga kirganlik haqida darhol SMS-xabar yuborish va mobil qurilmalar xususida IMEI, IMSI, DeviceID va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish belgilanmoqda.
«Yo‘l xaritasi»da foydalanuvchilarning SMS-xabarlar orqali olinadigan bir martalik (one time password) parollarini himoya qilish mexanizmini joriy etish, shuningdek, bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari haqida kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni (bloklash va boshqalar) ko‘rish taklif etilgan.
Bundan tashqari, bank karta ma’lumotlari internet tarmog‘ida tarqalishi bo‘yicha xabardor qilish va monitoring qilish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalarni joriy etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025