«Sag‘bon» podstansiyasida avariya. Olmazor tumanining katta qismi elektr ta’minotidan uzilib qoldi
«Sag‘bon» podstansiyasida avariya yuz berishi oqibatida Toshkent shahrining Olmazor tumanining katta qismi soat 11:40 dan buyon elektr ta’minotidan uzilgan. Rasmiylar tez orada nosozlik to‘liq bartaraf etilib, elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanishini va’da qilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi
Toshkent shahri Olmazor tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali holat yuzasidan ma’lumot bergan.
«Olmazor tumanining Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, «Paxta», «Tepa Guzar», «Sag‘bon», «Gulzor» MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sag‘bon 1-tor, Sag‘bon 2-tor, Sag‘bon 12-tor, Sag‘bon 13-tor, Keles yo‘li, O‘razboyeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqo‘rg‘on, G‘.G‘afurov, Oxunboboyev hamda Dadabayeva ko‘chalari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kVA bo‘lgan «Sag‘bon» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘ldi.
Ayni vaqtda, Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.
Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi. Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Energetika vazirligi ham Olmazor tumanidagi podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilayotgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Bugun, soat 11:40 da «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali balansida bo‘lgan, Olmazor tumanidagi «Sag‘bon» podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Olmazor tumanining Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4, 3/2 mavzelari hamda Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasi iste’molchilari (9000 ta iste’molchi) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

08:45 / 18.06.2025
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

08:00 / 05.06.2025
Olmazor tumanida 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

08:35 / 20.05.2025