Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika agentligi Chery avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan deb hisoblay boshladi
O‘zbekiston Statistika agentligi mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillar qatoriga Chery avtomobillarini ham kiritdi. Agentlik tez orada Kia modellarini ham “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” deb e’tirof eta boshlashi kutilyapti.

Foto: Chery
O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida 308 521 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu raqam Statistika agentligining tegishli sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha hisobotida keltirib o‘tilgan.
Avtomobillarning rusumi quyidagicha:
- Cobalt – 89 410 dona(oshish – 10 foiz);
- Damas – 69 323 dona(oshish – 17,2 foiz);
- Lacetti-Gentra – 65 676 dona(qisqarish – 9,2 foiz);
- Tracker – 33 970 dona;
- Onix – 25 432 dona;
- Chery – 8 580 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar – 18 836 dona.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida mamlakatda 253 043 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Ya’ni o‘tgan bir yil ichida ishlab chiqarish 55 478 taga yoki 22 foizga oshgan.
E’tiborga molik jihati, Statistika agentligi Chery avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil mashinalar qatorida keltirib o‘tgan.
O‘tgan oyda ADM Jizzakh kompaniyasi o‘zining o‘n minginchi Chery avtomobilini ishlab chiqarganini xabar qilgandi.
Statistika agentligi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston hududida yig‘ib sotilayotgan avtomobillarni ham sanoat statistikasiga qo‘shish mumkin.
“Boshqa kompaniyalar tomonidan sotilayotgan avtomobillar soni ham umumiy statistikaga qo‘shilgan. Zavodlar bizga hisobot topshiradi. Shu paytgacha ular avtomobillarning faqatgina miqdori haqida ma’lumot bergan, modellari haqida alohida hisobot bo‘lmagan. Hozir boshqa zavodlarga ham xat kiritganmiz. Masalan, keyingi oydan Kia avtomobiliga oid ma’lumotlarni ham taqdim qila boshlashimiz kutilyapti”, deyiladi izohda.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 3,52 mlrd dollar qiymatidagi avtomobillar import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,1 foizga ko‘p. O‘z navbatida, mazkur davrda avtomobil eksporti ham 44 foizga o‘sib, 408 mln dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

17:00 / 29.05.2025
Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to‘liq saqlanib qoladi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

11:55 / 26.04.2025
Avtomobil bozoridagi monopoliya: O‘zbekiston bitta xatoni ikkinchi marta takrorlaydimi?

17:00 / 21.04.2025
Yangi o‘yinchi: Chery 2025 yilda jahon bozoriga 19 dona yangi gibrid modellarni taqdim etadi

17:00 / 07.04.2025