Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI bahorgacha yiliga 1 mln snaryad ishlab chiqarishga erishmoqchi
Mart oyigacha Yevropa Ittifoqi yiliga 1 million artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarishi mumkin, biroq shartnomalarga ko‘ra mahsulotning 40 foizi Yevropadan tashqariga eksport qilinadi, dedi Yevropa komissari Breton. «Ukraina ustuvor yo‘nalishga aylanishi kerak», dedi u.

Foto: LIONEL BONAVENTURE/AFP
Yevropa Ittifoqidagi mudofaa korxonalarining ishlab chiqarish salohiyati 2024 yil bahorigacha yiliga 1 million artilleriya snaryadiga yetadi, dedi ichki bozor bo‘yicha Yevropa komissari Terri Breton. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, kelgusi yil oxiriga borib bu ko‘rsatkich hatto 1,3-1,4 million snaryadni tashkil qiladi. Bu haqda Yevropa komissari 21 noyabr, seshanba kuni Bryusselda Yevroparlament a’zolariga Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 2024 yil martigacha 1 million o‘q-dori yetkazib berish majburiyatlari mavzusiga bag‘ishlangan savol-javob sessiyasida ma’lum qildi. Breton Yevropa Ittifoqining 15 davlatidagi harbiy-sanoat kompaniyalariga tashrif buyurganidan so‘ng shunday xulosaga kelganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Yevropa komissarining so‘zlariga ko‘ra, «muammo umuman shartnomalar bilan bog‘liq», chunki mahsulotlarning qariyb 40 foizi Yevropadan tashqarida uchinchi mamlakatlarga yetkazib beriladi. Barcha ishlab chiqarilgan o‘q-dorilar Ukrainaga o‘tkazilishi uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari maxsus ishlab chiqarishga ustuvor ahamiyat berishi kerak. Terri Bretonning so‘zlariga ko‘ra, bu aynan uning taklifi edi, biroq Yevropa Ittifoqi kengashi uni qo‘llab-quvvatlamadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hozirda snaryadlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetarli miqdorda shartnomalar tuzmayapti. «Biz Yevropa mudofaa bozorini bosqichma-bosqich qurmoqdamiz. Shartnomalarning imzolanishi Ukrainaga yetkazib berishni tezlashtiradi», - deya ta’kidladi Breton. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarish tezlashmoqda, Yevropa Ittifoqi tezda qo‘shimcha quvvat yaratishi mumkin, biroq Ukrainaga yetkazib berish uchun birinchi navbatda siyosiy iroda kerak.
Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar allaqachon Ukrainaga umumiy qiymati 27 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan. Bu misli ko‘rilmagan miqdor. 2022 yil mart oyi oxirida Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel shunday dedi: «Bizning maqsadimiz Ukrainaga keyingi 12 oy ichida bir million snaryad yetkazib berishdir. Yevropa Ittifoqining ushbu qo‘shma tashabbusi haqiqiy Yevropa mudofaasi yo‘lidagi muhim yangi qadamdir». Ukraina Qurolli kuchlarini o‘q-dorilar bilan ta’minlash uchun Yevropa Ittifoqi Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 2 milliard yevro sarmoya kiritdi. Ukrainaga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zaxiralaridan kamida 300 ming dona o‘q-dorilar yetib kelgan. Bryussel mamlakatlar yangi qo‘shma xaridlar bo‘yicha shartnomalar tuzganini ma’lum qildi, ammo Yevrokomissiya ularning umumiy miqdori haqida ma’lumot bermadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

13:43 / 23.07.2025
Germaniya YeIdan tashqarida deportatsiya markazlari yaratishni qo‘llab-quvvatladi

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

11:50 / 23.07.2025
Rossiya neft mahsulotlarining YeIga importi bo‘yicha taqiq yarim yilga qoldirildi

07:40 / 23.07.2025