Kreml Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti va matbuot anjumanini birlashtiradi
O‘tgan yili Ukrainadagi harbiy harakatlar sababli bekor qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot va matbuot anjumani 2023 yilda bir vaqtda o‘tkaziladi.

Foto: RIA Novosti
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 9 noyabr, payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti va yirik matbuot anjumani 2023 yilda bir vaqtda o‘tkazilishini aytdi.
«Bu birlashtirilgan format bo‘ladi», dedi Peskov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml anjumanni yil oxirigacha o‘tkazishni rejalashtirgan, aniq sana keyinroq ma’lum qilinadi. Kreml format o‘zgarishi sabablariga aniqlik kiritmadi.
2022 yilda urush tufayli konferensiyalar bo‘lmagan
Putinning rossiyaliklarning savollariga javob beradigan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot formati 2001 yildan beri mavjud. O‘tgan yillarda to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot odatda yozda, katta matbuot anjumani esa qishda bo‘lib o‘tdi. 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida faqat dekabr oyida matbuot anjumani o‘tkazildi, alohida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot bo‘lmadi.
2022 yilda ikkala tadbir ham o‘tkazilmagan. Rossiya matbuotiga ko‘ra, bunga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

13:10 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?

11:20 / 05.07.2025
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

12:26 / 04.07.2025
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025