Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisobot: dunyo mamlakatlarining yarmida demokratiya zaiflashmoqda
«Global demokratiya holati» hisoboti mualliflari so‘nggi olti yil ichida dunyoda demokratiya darajasi pasayib borganini qayd etyapti.
Dunyo davlatlarining deyarli yarmi demokratiya darajasining pasayishini boshdan kechirmoqda. Bunday xulosa 2 noyabr, payshanba kuni Stokholmda taqdim etilgan Demokratiya va saylovlarga ko‘maklashish xalqaro instituti (IDEA) tahliliy markazining «Global demokratiya holati» yillik hisobotida keltirilgan.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, dunyoning 173 davlatidan 85 tasida so‘nggi besh yil ichida kamida bitta sohada demokratik standartlar zaiflashgan. Ularning kuzatishlariga ko‘ra, bu salbiy tendensiya Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarixan kuchli demokratik an’anaga ega bo‘lgan davlatlarga ham ta’sir qilgan. Hujjatda aytilishicha, «ko‘plab demokratik davlatlar tanazzulga yuz tutmoqda, Qo‘shma Shtatlarda ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi tenglik pasaymoqda, Avstriyada matbuot erkinligi kuchsizlanyapti va Buyuk Britaniyada adolatga erishish darajasi tushyapti».
Vengriya, Avstriya va Peru kabi mamlakatlarda kuzatuvchilar sudlarga siyosiy bosim o‘tkazilib, qonun ustuvorligi zaiflashganini hujjatlashtirgan. Rossiya, Belarus, Ozarboyjon va Turkiya esa, hisobot mualliflariga ko‘ra, demokratiya darajasi bo‘yicha ko‘rsatkichlari Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past darajada ekani hisobga olinsa, Yevropaning asosiy qismidan «ajralib qolgan».
Dunyoda «demokratiyaning retsessiyasi» kuzatilmoqda
Hisobot mualliflaridan biri Maykl Ranining so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda qatorasiga oltinchi marta ekspertlar dunyoda demokratiya zaiflashayotgan davlatlar bu sohada yaxshilanishlar kuzatilgan mamlakatlarga qaraganda ko‘proq ekanini qayd etgan. So‘nggi olti yil ichida dunyoda demokratiya darajasining pasayishi IDEA 1975 yilda bunday tadqiqotlar boshlanganidan beri qayd etgan eng uzoq «demokratiya retsessiyasi»dir, dedi u.
Boshqa narsalar qatorida, ekspertlar COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq demokratik tanazzulga ishora qilmoqda. Maykl Ranining so‘zlariga ko‘ra, hozir ham, pandemiyadan keyin olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu sohada «ko‘tarilish» yo‘q.
IDEA’ga ko‘ra, dunyoda demokratiya darajasining pasayishini hayot narxining oshishi, iqlim o‘zgarishi va Ukraina urushi bilan bog‘liq holda ko‘rish kerak, ular saylovlar orqali hokimiyatga kelgan ko‘plab rahbarlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaryapti.
Shu bilan birga, hisobotda ba’zi ijobiy o‘zgarishlar ham qayd etilgan. Shu tariqa, IDEA ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator Markaziy Yevropa davlatlarida qonun ustuvorligi sohasidagi vaziyat yaxshilangan, Afrikaning bir qator davlatlarida esa korrupsiya darajasi pasaygan va fuqarolarning siyosiy hayotdagi ishtiroki ortgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

20:15 / 12.06.2025
Pasayishlar ko‘tarilishlardan ko‘p: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgaryapti?

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

17:24 / 13.04.2025