Jahon | 22:52 / 28.10.2023
15750
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Erdo‘g‘an bayonoti tufayli Turkiyadagi barcha diplomatlarini chaqirib oladi

Turkiya prezidenti Isroilni «bosqinchi» deganidan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashish arafasida.

Foto: Getty Images

Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen Turkiya rasmiylarining bayonotlari ortidan Isroil-Turkiya munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun barcha diplomatlarini Turkiyadan chaqirib olishni buyurganini aytdi.

«Turkiyaning bayonotlaridan kelib chiqib, men Turkiya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun Turkiyadan diplomatik vakillarni chaqirib olishni buyurdim», deb yozdi Koen ijtimoiy tarmoqda.

28 oktyabr kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy namoyishda so‘zga chiqdi. Boshqa narsalar qatorida, u Isroilni «bosqinchi» dedi va harbiy jinoyatlarda aybladi. Shuningdek, Falastinning HAMAS harakatini «terrorchi guruh emasligini» yana bir bor ta’kidladi.

25 oktyabr kuni Turkiya prezidenti Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qildi. Shuningdek, u Isroilga rasmiy tashrifini bekor qilganini aytgan edi.

Mavzuga oid