Jahon | 10:11 / 28.03.2025
4788
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi 

Isroilda minglab odamlar sud islohoti doirasida qabul qilingan munozarali qonunga qarshi norozilik bildirmoqda. Namoyishchilar, shuningdek, garovga olinganlar uchun Hamas bilan kelishuvga erishishni talab qilmoqda.

Foto: Yair Palti/Anadolu/picture alliance

Isroil shaharlarida 27 mart, payshanba kuni sudyalarni tayinlash jarayonida saylangan mansabdor shaxslarning vakolatlarini kengaytiruvchi ziddiyatli qonunga qarshi bo‘lgan minglab kishilar yana ko‘chalarga chiqdi. Bundan tashqari, namoyishchilar garovga olinganlarni ozod qilish uchun Isroil G‘azo sektorida harbiy operatsiya o‘tkazayotgan Hamas harakati jangchilari bilan kelishuvga erishishni talab qildi, deb xabar beradi dpa agentligi.

Avvalroq, sud-huquq islohotining asosiy qonunlaridan birini soatlab davom etgan munozaralardan so‘ng Knessetning 120 a’zosidan 67 nafari qo‘llab-quvvatlagan, bir deputat esa qarshi chiqqandi. Muxolifat ovoz berishni boykot qildi.

Qonun qabul qilinishi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga 2023 yilda mamlakat tarixidagi eng yirik norozilik namoyishlaridan biriga sabab bo‘lgan munozarali sud-huquq islohotlarini davom ettirish imkonini beradi. 2023 yil 7 oktyabrda Hamas jangchilarining Isroilga hujumi va G‘azoda harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng islohotni ilgari surish to‘xtatildi.

Mavzuga oid