Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Navbahor» 90+7-daqiqadagi gol evaziga Eron klubi bilan bahsda kambek qildi
Osiyo Chempionlar ligasi 3-turi doirasida «Navbahor» juda muhim g‘alabaga erishdi.

Namanganda Eronning «Nassaji Mozandaron» klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda hisob birinchi bo‘lim yakunida mehmonlar tomonidan ochildi. Maydon markazida Azimjon Ahmedovning xatosidan keyin Muhammadrizo Ozodiy O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etdi – 0:1.
Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushgan Oston O‘runov o‘yinda tub burilish yasadi. 74-daqiqada u Iskanderovning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+7-daqiqada aynan Oston va Jamshidning kombinatsiyasidan keyin eronlik o‘yinchi o‘z darvozasini ishg‘ol etib, Namangandagi stadionni larzaga keltirdi – 2:1.
Shu tariqa, «Navbahor» 3-turdan keyin D guruhida 7 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi.
OChL. 3-tur
«Navbahor» - «Nassaji Mozandaron» 2:1
Bosh hakam: Salmon Ahmad Falahi (Qatar);
Gollar: Oston O‘runov 74, Said 90+7 (avtogol) - Muhammadrizo Ozodi 44
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Azimjon Ahmedov (7.Oston O‘runov, 46), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Abror Ismoilov, 19.Doniyor Abdumannopov (77.Asadbek Sobirjonov, 62), 21.Temurxo‘ja Abduholiqov, 22.Igor Golban.
«Nassaji Mozandaron»: 1.Rashid Mazaheri, 3.Vohid Muhammadzoda, 4.Amirmahdi Janmaleki, 5.Said Beigi, 8.Farshid Ismoili (14.Ali Davron, 65), 9.Muhammadrizo Azadi, 11.Mahmud Haydarahmati (6.Mehrdod Abdihanan, 24), 32.Saber Hardani, 77.Muhammad Husseyni, 88.Ismoil Boboi (20.Ahmad Musavi, 65), 96.Muhammadrizo Abbosi (22.Xose Antonio Vilyar, 82)
Chetlatish: Saber Hardani (52).
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
-
Xitoy Yevropadan nega norozi?
Jahon | 20:09
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

23:19 / 04.03.2025
Elit OChL. «Paxtakor» nimchorakfinal dastlabki o‘yinida «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

21:13 / 17.02.2025