Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu o‘ta og‘ir ayblov» - Bobur Bekmurodov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan olib ketishga chaqirgan rus deputatiga javob qaytardi
Avvalroq rus deputatlaridan biri o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining farzandlari uchun maktab va bog‘chalar qurish tashabbusini qattiq tanqid qilgan hamda o‘zbekistonliklarni Rossiyadan olib ketishga chaqirgandi.

Foto: Konstitutsiya komissiyasi matbuot xizmati
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov rossiyalik deputat Mixail Delyaginning O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan olib ketish borasidagi chaqirig‘iga munosabat bildirdi.
«Birinchidan, har qanday mamlakat o‘z fuqarolari to‘g‘risida qayg‘urgan holda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishi normal holdir. Ushbu tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish so‘zsiz Rossiya qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, Rossiyada mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, tabiiyki, halol mehnatlari evaziga o‘z oilalarini moddiy ta’minlamoqdalar, Rossiya ularni tekinga boqmayapti. Bu borada ularning aksariyati yoshlarni tashkil etgan holda o‘zlarining ayni kuchga to‘lgan davrlarida Rossiya iqtisodi uchun xizmat qilmoqdalar.
Uchinchidan, rus deputatining ittifoqchi mamlakatga nisbatan bu kabi o‘ta og‘ir ayblovlarni ilgari surishi Rossiya bilan munosabatlarda hattoki eng yaqin hamkorlarini ham hushyorlikka da’vat etadi.
To‘rtinchidan, o‘rtoq Delyagin Mixail, agar siz aytgandek, Rossiya Federatsiyasi kabi katta mamlakatni mehnat migrantlari «parchalay» olsa, oldingizda davlatchilikni mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa muhimroq vazifalar turibdi.
Mixail, bizda erkin OAV bor, Duma deputatlari aytayotgan fikrlar O‘zbekiston jamoatchiligiga yetib boradi va shubhasiz mamlakatingizga nisbatan salbiy fikrni shakllantiradi. Davom eting», — deydi Bekmurodov.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi komissiya shu kunlarda Rossiyaga tashrif buyurib, u yerda o‘qiyotgan va ishlayotgan migrantlar sharoitlari bilan tanishdi. Prezident maslahatchisi Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uchun bog‘cha va maktablar ochishga yordam berishni so‘ragan.
«Govorit Moskva» radiostansiyasi bilan suhbatda rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytdi. U bu Rossiya konstitutsiyasiga zid bo‘lib, diskriminatsiyaga sabab bo‘lishini ta’kidlagan.
«Ehtimol, O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi insonlarning millatiga qarab bo‘lish mumkin emasligi bitib qo‘yilgan Rossiya konstitutsiyasi haqida hech narsa eshitmagan chiqar. Migrantlarning farzandlari uchun maktablar ochish bu — Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini diskriminatsiya qilish. Bu tojik diasporalari vakillari tojikistonlik migrantlarga xizmat ko‘rsatadigan tibbiy markazlar ochish to‘g‘risidagi tashabbusiga o‘xshash narsa. Bu Rossiyani vayron qilish va yo‘q qilishga, avvaliga begona, keyinroq dushmanona anklavlar yaratishga qaratilgan anglashilgan siyosat.
Mening fikrimcha, albatta, O‘zbekiston bolalar bog‘chasi va maktablar qurishi mumkin, faqat o‘z hududida. Shuningdek, ular Rossiyaga siqib chiqargan fuqarolarini qaytarib olishi kerak. Chunki aytaylik, Tojikiston aholisining uchdan bir qismidan ziyodi Rossiyada yashamoqda. Bu vaziyat Tojikiston uchun ham, Rossiya uchun ham normal hol sanalmaydi», — degan Delyagin.
Avvalroq «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov holatga munosabat bildirib, Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat Delyagincha bo‘lsa, O‘zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi.
«Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat Delyagincha bo‘lsa, O‘zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerak.
Rossiya maktablarida o‘zbek tilini o‘rgatish rus millatini kamsitish hisoblanadi-yu, O‘zbekiston maktablarida rus tilida ta’lim berilayotgani o‘zbeklarni kamsitish hisoblanmaydimi?» — deya savol qo‘ygan Alisher Qodirov Delyaginning vajlarini keltirar ekan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

23:17 / 10.07.2025
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi

16:22 / 10.07.2025