Ucell VoLTE/ViLTE texnologiyalarini ishga tushirmoqda

Foto: Ucell
Ucell zamonaviy texnologiyalarni tizimga joriy etishda davom etmoqda. Bu safar abonentlarga yuqori sifatli ovoz va tasvir uzatish hamda tezkor ovozli va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi VoLTE/ViLTE xizmatlarini ishga tushirmoqda.
Texnologiyaning ishga tushishi mijozlarning muloqot tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Birinchi bosqichda Navoiy viloyatida yangi texnologiyalar ishga tushirilib, viloyatdagi B2C va B2B abonentlari foydalanishi mumkin bo‘ladi. Keyin esa VoLTE va ViLTE orqali aniq ovoz va tezkor ulanishlar butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytiriladi.
Xizmatlar uchun tariflar eski holatda ovozli va video qo‘ng‘iroqlar uchun bir xil bo‘lib qolaveradi.
Ma’lumot:
VoLTE- tezkor ulanish va tiniq ovozga ega qo‘ng‘iroq texnologiyasi. Ilgari qo‘ng‘iroqlar uchun 4G tarmog‘idan foydalanganda abonent 3G/2G tarmoqlariga o‘tishi kerak edi, bu esa kechikishlar va qo‘ng‘iroqlar sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin edi. Shuni ta’kidlash kerakki, VoLTE abonentga bir vaqtning o‘zida gaplashish va mobil Internetdan foydalanish imkonini beradi.
ViLTE- bu boshqa mobil ilovalardan foydalanmasdan LTE tarmog‘idagi abonentlar o‘rtasida video aloqani o‘rnatuvchi texnologiyadir. Video seans uchun ikkala abonentda texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan va 4G tarmog‘ining qamrov zonasida joylashgan mobil qurilmani bo‘lishi kifoya. Ucell O‘zbekistonda birinchilar qatorida ViLTE orqali videomuloqot xizmatini ishga tushirdi.
Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:
“Ucell har doim abonentlarga sifatli xizmatlarni taklif etadi. Bunga erishish uchun biz nafaqat yangi infratuzilmani faol ravishda qurmoqdamiz, balki texnologik yetakchilik strategiyasiga amal qilgan holda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqib ularni ishga tushirmoqdamiz. VoLTE/ViLTE’ning joriy etilishi abonentlarning aloqa imkoniyatlarini yaxshilaydi, ularga qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar vaqtida aniq ovoz va tezkor internetdan foydalanish imkonini beradi. Ucell xizmatlar sifatini oshirishda davom etadi va mijozlar qulayligini faol ravishda yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilgan”.
Reklama
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sergeli city'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi
O‘zbekiston | 21:26
-
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi
Jahon | 21:20
-
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi
Jamiyat | 20:51
-
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

16:59 / 18.04.2025
Ucell mobil abonentlar soni bo‘yicha 10 millionlik marradan o‘tdi

09:00 / 19.09.2024
Ucell eng tez internet mukofoti sohibi bo‘ldi

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

19:17 / 01.08.2024