Falastin bo‘yicha sammit ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi
Arab va Yevropa delegatsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli yakuniy bayonot bo‘lmaydi.

Foto: skynewsarabia.com
Falastin bo‘yicha Qohira sammitida arab va yevropalik ishtirokchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi va bu yakuniy bayonotni qabul qilishga to‘siq bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
«Qohira tinchlik sammitida arab va Yevropa delegatsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli yakuniy bayonot bo‘lmaydi», deb ta’kidladi telekanal.
Qayd etilishicha, mojaroga «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi»ni shakllantirish va Falastinning HAMAS guruhi harakatlarini qoralash masalasi sabab bo‘lgan. Jumladan, yevropaliklar faqat HAMAS harakatlarini qoralash tarafdori bo‘lgan.
Avvalroq Iordaniya qiroli Abdulloh II bin Husayn Qohiradagi sammitda falastinliklarni deportatsiya qilish g‘oyasini qoralagan edi. Monarxga ko‘ra, Falastin xalqining majburan ko‘chirilishi harbiy jinoyat hisoblanadi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverli Isroil hukumatini vazminlik ko‘rsatishga va xalqaro gumanitar qonunlarni hurmat qilishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid

20:44 / 02.04.2025
Isroil harbiy amaliyotini kengaytirmoqda va G‘azoda yangi hududlarni egallamoqchi

16:51 / 01.04.2025
Qatargeyt: Netanyahu maxsus bo‘lim tomonidan so‘roq qilingan, uning maslahatchilari hibsga olingan. Mojaro mohiyati nimada?

07:48 / 01.04.2025
«Bu hali yakuniy qaror emas» – Tashqi ishlar vazirligi BAAda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘limga hukm qilinganini tasdiqladi

16:35 / 31.03.2025