Rossiyada qonuniy vakillari bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosiga vatanga qaytishi yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi ko‘magida murakkab ahvolga tushib qolgan mamlakat fuqarosi Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidan vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 10 oktyabr kuni Vladivostokdagi «Parus nadejdi» maxsus sotsiallashtirish markazi xodimlari Bosh konsullikka murojaat qilib, 2006 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi O.K. qonuniy vakillarisiz hamda Rossiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida bo‘lib turgani va mazkur muassasada saqlanayotganini bildirgan.
O‘zbekistonlik diplomatlar markaz rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani natijasida, 13 oktyabr kuni voyaga yetmagan O.K. tog‘asi hamrohligida Qirg‘izistonga, so‘ngra chegara posti orqali Andijon viloyatiga o‘tkazilishi ta’minlangani holda ota-onasining huzuriga yetkazilgan.
Mavzuga oid

18:55 / 30.05.2025
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

19:03 / 28.05.2025
Andijonda YPX xodimlaridan qochgan Nexia-2 boshqa avtomobillar bilan to‘qnashdi

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

23:01 / 26.05.2025