Jahon | 08:43 / 13.10.2023
11915
1 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda Isroil aviazarbasi oqibatida bir oiladan 7 bola halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga havo hujumi oqibatida 9 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Foto: AP

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumida 9 nafar falastinlik, jumladan, bir oiladan 7 bola halok bo‘ldi.

Tibbiy manbalar va guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrida Isroil havo hujumi natijasida falastinlik Al-Beheti oilasi yashaydigan uy zarar ko‘rgan.

Hujum natijasida 9 kishi, jumladan, bir oiladan bir ona, ota va 7 bola halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Havo hujumidan keyin Al-Beheti oilasi yashagan uy butunlay vayron bo‘lgan, yaqin atrofdagi binolar ham zarar ko‘rgan.

Isroil kuchlari bu hujumni hech qanday oldindan ogohlantirmasdan va ma’lumot bermasdan amalga oshirgan.

Mavzuga oid