Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi
Davlat rahbari O‘zbekistonning birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga bordi.
Davlat rahbari O‘zbekistonning birinchi prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Islom Karimov xiyoboni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limi binosi va O‘zbekiston mehmon uyiga yaqin hududda joylashgan.
2016 yil kuzida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng rossiyalik va o‘zbekistonlik fan va madaniyat arboblari Moskva hukumatiga shaharda umummilliy yetakchi xotirasiga bag‘ishlangan istirohat bog‘i ochish taklifi bilan murojaat qilgan edi. Taklif Moskva shahri idoralararo komissiyasi tomonidan ma’qullandi.
2017 yil may oyida britaniyalik haykaltarosh Pol Dey tomonidan ishlab chiqilgan obodonlashtirish va yodgorlik loyihasi Moskva hukumatiga topshirildi. Bog‘ni obodonlashtirish ishlari 2018 yilda yakunlandi.
Islom Karimov haykali 2018 yilda O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan, Senati spikeri Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Karimovning bevasi Tatyana Karimova ishtirokida ochildi.
2018 yilda Moskva shahrida olib borilgan obodonlashtirish ishlari natijalariga ko‘ra Islom Karimov maydoni investor mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalardan biri deb topildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Mavzuga oid

20:19
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

14:11
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

13:18