Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMTning sil kasalligi bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilishiga raislik qildi
O‘zbekiston va Polsha muvofiqlashtiruvida ishlab chiqilgan siyosiy deklaratsiya qabul qilindi.

Foto: AP
Shu yilning 19-26 sentabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi umumiy muhokamasi doirasida silga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ushbu format sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat, hukumat rahbarlari va vazirlar ishtirokidagi yirik xalqaro tadbir bo‘lib, silga qarshi kurashda o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan global vazifalarning strategik maqsadlarini aniqlashga qaratilgan.
Yuqori darajadagi yig‘ilishning birinchi yalpi sessiyasini O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrullo Inoyatov olib bordi.
Tadbir yakunida a’zo davlatlar O‘zbekiston va Polsha muvofiqlashtiruvida ishlab chiqilgan siyosiy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi.
Hujjatda 2030 yilgacha silga qarshi global epidemiyaga barham berishni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar o‘rin olgan. 90 million aholini sifatli davolash va profilaktika tadbirlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda, 2023-2027 yillarda, shu jumladan 4,5 million bolalar, 1,5 million doriga chidamli sil bilan kasallangan bemorlar qamrab olinadi. A’zo davlatlar sil kasalligini global moliyalashtirishni 2027 yilga borib yiliga 5,4 milliard dollardan 22 milliard dollargacha va 2030 yilga borib esa 35 milliard dollargacha, ya’ni hozirgi darajadan to‘rt baravardan ko‘proqqa oshirish majburiyatini oldi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga hujumida 39 falastinlik, jumladan, bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 08:58
-
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:47
-
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jahon | 08:15
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:05
Mavzuga oid

08:15
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025